uHamkorHujjatlar
Foydalanuvchi qo'llanmasi

Vidjetni agentga ulash

Funksiya amallari: Vidjet ko‘rsatish, API chaqirish + vidjet, javobni moslashtirish va sinov maydonida tekshirish.

🔌 Vidjetni agentga ulash

Vidjet o‘zi paydo bo‘lmaydi — uni Konstruktor → Funksiyalar bo‘limidagi funksiya chiziltiradi. Funksiya agentga biriktirilgach, agent suhbat mazmuniga qarab uni o‘zi chaqiradi.


🎬 Uch xil amal

Funksiya formasidagi Amal maydonida tanlanadi:

  • API chaqirish — odatdagi funksiya: agent endpointni chaqiradi va javob asosida gapiradi. Vidjet ishtirok etmaydi.
  • Vidjet ko‘rsatish — endpoint yo‘q. Agent vidjet sxemasi bo‘yicha ma’lumotni o‘zi to‘ldiradi va vidjet chizilaadi. Formalar, tanlov kartochkalari, ma’lumot ko‘rsatish uchun.
  • API chaqirish + vidjet — avval endpoint chaqiriladi, javob esa vidjet ma’lumoti sifatida ishlatiladi. Jonli ma’lumot (buyurtma holati, hisob raqami) uchun.

🧩 Sozlash tartibi

  • 1. Funksiya qo‘shish tugmasini bosing.
  • 2. Amal ni tanlang. Vidjet ko‘rsatish tanlansa, endpoint, so‘rov tanasi va avtorizatsiya bo‘limlari umuman ko‘rinmaydi — bunday funksiyada ular yo‘q.
  • 3. Vidjet ro‘yxatidan kerakli vidjetni tanlang (ro‘yxat shu loyihaning vidjetlaridan tuziladi).
  • 4. Funksiya nomi, qachon ishlatilishi va nima qaytarishi tavsiflarini yozing — agent aynan shu matnlarga qarab funksiyani chaqiradi.
  • 5. Funksiyani agentga biriktiring.
Amal tanlash
Funksiya formasidagi uch amal: API chaqirish, Vidjet ko‘rsatish, API chaqirish + vidjet.

🔀 Javobni moslashtirish

API chaqirish + vidjet uchun endpoint javobi vidjet sxemasiga mos kelmasligi mumkin. Javobni moslashtirish maydoni qaysi yo‘l qaysi maydonga tushishini belgilaydi:

{ "orders": "data.items" }

Ya’ni javobdagi data.items massivi vidjetning orders maydoniga joylanadi.

🧪 Tekshirish

  • Sinov maydoni da funksiya tavsifiga mos savol bering.
  • Agent funksiyani chaqirsa, vidjet javob matni bilan birga chiziladi.
  • Funksiya xato qaytarsa, vidjet umuman chizilmaydi — xato ma’lumot ustiga vidjet qurilmaydi.
  • Tugmalarni bosib, vidjet funksiyalarini ham tekshiring.

💬 Suhbatda qanday saqlanadi

  • Vidjet xabar bilan birga saqlanadi — chat qayta ochilganda u yana chiziladi.
  • Bir javob ichida bir nechta vidjet chizilishi mumkin.
  • Mehmon vidjetni yopsa (dismiss), bu holat brauzerda eslab qolinadi.
  • Saytdagi chat vidjetida ham xuddi shu ko‘rinish ishlaydi.

📋 Funksiyalar jadvalida

Vidjetga bog‘langan funksiya jadvalda URL o‘rniga vidjet nomini ko‘rsatadi — qaysi funksiya qaysi vidjetni chizishini bir qarashda ko‘rish uchun.