uHamkorHujjatlar
Foydalanuvchi qo'llanmasi

Yangi xodim qo‘shish

Hisob ochish formasi: maydonlar, parol talablari, rol tanlash va joylar cheklovi.

➕ Yangi xodim qo‘shish

Yangi xodim — bu platformaga kiradigan alohida hisob. Uni siz ochasiz: ism, foydalanuvchi nomi, email, rol va boshlang‘ich parol beriladi. Keyin xodimga shu ma’lumotlarni yetkazasiz va u tizimga o‘zi kiradi.


Formani ochish

Xodimlar sahifasining o‘ng yuqori burchagidagi Yangi xodim tugmasini bosing.

Yangi xodim qo‘shish oynasi.

Maydonlar

  • Ism va Familiya — kamida 3 ta belgidan. Bu nomlar ro‘yxatda, chatlarda va profilda ko‘rinadi.
  • Foydalanuvchi nomi — 3 tadan 50 tagacha belgi, faqat lotin harflari, raqamlar va pastki chiziq (_). Bo‘sh joy va boshqa belgilar qabul qilinmaydi. Xodim tizimga shu nom bilan ham kira oladi.
  • Email manzil — haqiqiy pochta manzili, 5 tadan 100 tagacha belgi. Kirish uchun ham, xabarnomalar uchun ham ishlatiladi.
  • RolOperator yoki Menejer. Bu maydon faqat kompaniya egasiga ko‘rinadi; menejer ochgan hisoblar doim Operator bo‘ladi.
  • Parol — boshlang‘ich parol: 6 tadan 100 tagacha belgi, ichida kamida bitta kichik harf, bitta katta harf va bitta raqam bo‘lishi shart.

Formaning pastida parol talablari ro‘yxati doim ko‘rinib turadi. Maydon noto‘g‘ri to‘ldirilsa, xato matni shu maydon ostida chiqadi va forma yuborilmaydi.

Rolni tanlash

Rol xodim nima qila olishini belgilaydi:

  • Operator — faqat chatlarni olib boradi.
  • Menejer — o‘ziga biriktirilgan loyihalarni sozlaydi: agent, ma’lumot manbalari, kanallar va boshqalar.

Rolni keyin ham almashtirish mumkin — Rollar va huquqlar sahifasiga qarang.

Yaratgandan keyin

  1. Yaratish tugmasi bosilgach, xodim darhol ro‘yxatda paydo bo‘ladi.
  2. Unga foydalanuvchi nomi (yoki email) va parolni yetkazing. Parolni xodimning o‘zi profilidan o‘zgartira oladi.
  3. Xodimni ishlaydigan loyihalarga biriktiring — Loyihalarga biriktirish. Biriktirilmagan xodim hech qanday chatni ko‘rmaydi.

Joylar tugagan bo‘lsa

Har bir xodim tarifdagi bitta joyni egallaydi. Joylar tugasa Yangi xodim tugmasi faolsizlanadi va ustiga sichqonchani olib borsangiz, nechta joydan nechtasi band ekani ko‘rsatiladi. Bunday holda ishlamayotgan hisobni o‘chiring yoki tarifni kengaytiring.

Keyingi qadam