Loyihalar menusi
Loyihalar menusida siz ro'yhatdan o'tkizgan barcha loyihalar ro'yhatini ko'rishingiz mumkin. Ushbu sahifada turib to'g'ridan to'g'ri loyihalarni o'chirish, yoki widget konfiguratsiyalarini to'g'rilash mumkin.
Loyihalar menusi ko'rinishi
Support - bu loyiha nomi, siz loyihani ro'yhatdan o'tkazganingizda berilgan nom
example.com - bu loyihaning internet tarmog'idagi adresi, ushbu qiymatni ham siz ro'yhatdan o'tayotgan vaqtda kiritasiz
Ushbu tugmalar orqali siz loyihalarni ko'rinishi karta bloki yoki ustma ust ro'yhat ko'rinishiga keltirishingiz mumkin
Yangi loyiha - tugmasini bosib yangi loyiha qo'shish oynasiga o'tishingiz mumkin bo'ladi.
Loyihalar ro'yhati kartalari
Ushbu ikonkalar bloki loyihangiz vidjetidan foydalanuvchilar yuborgan so'rovlar haqida muhim ko'rsatgich hisoblanadi. Bu blokdagi birinchi son (53) nechta foydalanuvchi widgetdan foydalanganligi ya'ni loyiha bo'yicha nechta chat mavjudligini bildiradi. Ikkinchi son (7) ushbu loyihada 7 da murojaat hal qilinganligini bildiradi. Oxirgi son 1 esa bitta chatga (foydalanuvchi) hali javob berilmaganligini, va foydalanuvchi javobni kutayotkanini bildiradi.
Ushbu sana loyiha ro'yhatdan o'tkazilgan sana.
AI tugmasi - ushbu tugmani bosish orqali loyihaning sun'iy intellektini sozlash sahifasiga o'tiladi
Sozlamalar - ushbu tugmani bosish orqali loyihaning umumiy sozlamalar menusiga o'tasiz.
Ushbu vertikal uchta nuqta belgisi shoshilinch funksiyalar menusi hisoblanadi
Shoshilinch funksiyalar menusi
Shoshilinch funksiyalar menusida ushbu uchta funksiya mavjud:
Widget script - shu yerning o'zidan siz vidjetni integratsiya qilish uchun ko'chirib olinadigan CDN havolani olishingiz mumkin.
Konfiguratsiya - shu yerning o'zida loyiha vijdeti uchun kirish xabari va vidjetning ranglarini sozlashingiz mumkin.
O'chirish tugmasi - ushbu tugma orqali loyiha o'chiriladi.