Sozlamalar submenusi
Sozlamalar submenusida siz loyiha ma'lumotlari, vidjet dizayni, savollar kategoriyalarini, shablon xabarlar va vidjetning CDN kodiga kirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
1. Sozlamalar (Settings)
Ushbu bo'limda widgetning umumiy ko'rinishi va asosiy matnlarini sozlaysiz.
Yaroqli sahifalar: Widget qaysi domenda ishlashini belgilash.
Kategoriyalar: Murojaatlarni saralash uchun bo'limlar ro'yxati.
Shablonlar: Operatorlar uchun tayyor javoblar bazasi.
Widget Script: Saytga integratsiya qilish kodi.
Yangilash: O'zgarishlarni saqlash tugmasi.
2. Kategoriyalar (Categories)
Murojaatlarni mavzular bo'yicha tartibga solish uchun xizmat qiladi.
Kategoriya qo'shish: Yangi yo'nalish yaratish.
Tahrirlash: Mavjud kategoriya nomini o'zgartirish.
O'chirish: Keraksiz kategoriyani tizimdan olib tashlash.
3. Shablon xabarlar (Message Templates)
Ko'p beriladigan savollarga tezkor javob berish uchun mo'ljallangan.
Shablon qo'shish: Yangi tayyor matn yaratish.
Tahrirlash: Shablon matnini yangilash.
O'chirish: Shablonni o'chirish.
Amaliy qo'llanilishi: Chatda xabar yozishni boshlaganingizda, mos keluvchi shablonlar ro'yxati chiqadi. Enter yoki Tab tugmasini bossangiz, matn avtomatik ravishda inputga tushadi va uni darhol yuborishingiz mumkin.
4. Widget Script (Saytga integratsiya qilish)
Ushbu bo'lim widgetni veb-saytingizga joylashtirish uchun kerakli kodni taqdim etadi.
Copy Script: Tayyor JS kodini nusxalab olish tugmasi.
Qo'llanish bo'yicha yo'riqnoma:
Nusxalangan kodni saytingizning <head> qismiga joylashtiring.
Kod joylashtirilgach, widget saytda avtomatik paydo bo'ladi.
Xavfsizlik uchun widget faqat tizimda ko'rsatilgan domenda (examples.com) ishlaydi.
Tilni o'zgartirish uchun data-language atributini o'zgartirishingiz mumkin (uz, ru, en).